Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulaziz Komilov Eron Prezidenti bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Eron Prezidenti bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Kecha, 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida vazir Eron Prezidentiga uchrashuv o‘tkazish va O‘zbekiston-Eron muloqotining dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hasan Ruhoniy va Eron xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron prezidentlarining 2017-yil 10-sentabrda Ostona shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbatda qator mintaqaviy muammolar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston inqirozini siyosiy hal qilish jarayonini boshlash uchun birgalikdagi xalqaro sa’y-harakat muhimligi qayd etildi.

Eron rahbari «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa siyosiy va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring