Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abe Yaponiya KXDR bilan qachon muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi

Abe Yaponiya KXDR bilan qachon muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi

Foto:«Atomic-Energy.ru»

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Shimoliy Koreya bilan qachon muzokara o‘tkazishi mumkinligiga aniqlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, Yaponiya ikki Koreya o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan samarali sammit hamda AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashuvidan keyingina muzokara o‘tkazishi mumkin. Bu haqda 24-aprel kuni «Ryonxap» agentligiga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Bosh vazir ikki Koreya o‘rtasidagi muzokaralar uchun mamlakatlar amalga oshirayotgan ishlarni olqishladi.

«Yaponiya va KXDR o‘rtasida muammolar ko‘p. Masalan, yadroviy va raketa muammolari, shuningdek yaponiyaliklarning Shimoliy Koreya tomonidan o‘g‘irlanishi kabi. Ammo ikki Koreya o‘rtasidagi sammit va AQSh-KXDR muzokaralari samarali o‘tsa Yaponiya bilan ham shunday muzokaralar o‘tkazish mumkin bo‘ladi», — degan Abe.

Avvalroq AQSh prezidenti matbuot kotibi Sara Sanders Shimoliy Koreya tomonidan yadroviy qurollarni yo‘q qilish bo‘yicha aniq harakatlarga ishonch hosil qilgan taqdirda AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlashi mumkinligini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring