Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar diqqatiga! Qabul jarayonlari yakunlanishiga kam fursat qoldi (video)

Abituriyentlar diqqatiga! Qabul jarayonlari yakunlanishiga kam fursat qoldi (video)

Foto: Xabar.uz

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Ro‘yxatga olish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 22 iyulga qadar davom etadi.

Qabul jarayonlari yakunlanishiga ham kam fursat qolganligini, ayrim abituriyentlar shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan bo‘lsa-da haligacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlamaganligini, oldingi yillar bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari kerakligini, chet tilidan xorijiy sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda abituriyentlarga qabulning oxirgi kunini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlarini tavsiya qilinadi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videorolik tayyorlangan bo‘lib, abituriyentlar mazkur videorolik orqali ro‘yxatdan o‘tishning barcha bosqichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring