Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abituriyentlar ko‘pligi tufayli davlat xizmatlari avtobuslarda ham ko‘rsatilmoqda

Abituriyentlar  ko‘pligi tufayli davlat xizmatlari avtobuslarda ham ko‘rsatilmoqda

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Davlat xizmatlari markazlari OTMlarga qabul qilishda murojaat etuvchilarning yuqori oqimi tufayli  24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi. Ya’ni, hujjatlarni istalgan qulay vaqtda topshirish imkoniyati yaratildi.

Agentlik matbuot xizmatiga ko‘ra, abituriyentlar yuqori oqimi sababli, maxsus xizmat uskunalar bilan jihozlangan Davlat xizmatlari agentligining avtobuslari yordam berishga shoshilmoqda.

Masalan, Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari bunday mobil xizmatlarni Samarqand davlat universiteti hududida ko‘rsatilmoqda. Kunning birinchi yarmida ular 100 dan ortiq abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring