Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Adliya axboroti» nomli navbatdagi brifing tashkil etildi

«Adliya axboroti» nomli navbatdagi brifing tashkil etildi

Foto: Adliya vazirligi

Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va bunda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida «Adliya axboroti» nomli brifing tashkil etildi.

Unda hafta davomida bir qator muhim masalalar bo‘yicha qabul qilingan 13 ta qonun hujjati, ularning mazmun-mohiyati haqida OAV vakillariga batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, 2018 yil 14 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra:

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari, harbiy oliy ta’lim muassasalariga esa kursantlarning umumiy qabul sonidan 5 foizli davlat granti asosida qabul kvotasi ajratiladi.

Kvota asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqiga tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomalariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o‘tashda yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga davlat granti asosida tanlovsiz qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring