Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya va Xalq ta’limi vazirliklari qonun ustuvorligi borasida hamkorlik qiladi

Adliya va Xalq ta’limi vazirliklari qonun ustuvorligi borasida hamkorlik qiladi

Xalq ta’limi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash va qonun hujjatlari ijrosini tashkil qilish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish maqsadida Adliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida qo‘shma loyiha imzolandi.

Loyihada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • xalq ta’limi muassasalarida huquqiy savodxonlik burchaklarini tashkil etish;
  • xalq ta’limi muassasalari xodimlari faoliyatini mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq tashkil etishda ko‘maklashish;
  • butun respublika bo‘ylab xalq ta’limi muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va «odob-axloq» oyligini o‘tkazish;
  • xalq ta’limi muassasalaridagi korrupsiya haqida tezkor va anonim xabar berish tizimini takomillashtirish;
  • Xalq ta’limi muassasalarida o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida o‘qituvchi obro‘si, sha’ni va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
  • ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan xalq ta’limi sohasidagi kamchiliklar hamda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tezkor munosabat bildirib borish;
  • xalq ta’limi sohasiga doir qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoritib berishga qaratilgan tarqatma targ‘ibot materiallarini tayyorlash va boshqa shu kabi chora-tadbirlar.

Ushbu loyiha huquqiy targ‘ibot sohasida Xalq ta’limi va Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishi, bu borada qonun ustuvorligini ta’minlanishiga, shuningdek yosh avlodning huquqiy ongi  va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring