Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri Yevropa ittifoqining vakillari bilan uchrashdi

Adliya vaziri Yevropa ittifoqining vakillari bilan uchrashdi

Foto: Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Yevropa Ittifoqining vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Adliya vazirligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduard Stiprays bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida tegishli tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi.

Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduard Stiprays taqdim qilingan takliflar davlat dasturida belgilangan yo‘nalishlarga muvofiq ekanligini, ularni Yevropa ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirishda tegishli amaliy yordam ko‘rsatilishini hamda bu borada hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilashda muhokamalar o‘tkazishga tayyor ekanligini ta’kidladi hamda kelgusidagi samarali hamkorlik o‘zining ijobiy natijasini berishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring