Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vaziri: «Halol ishlamaydigan xodimlar bilan xayrlashamiz»

Adliya vaziri: «Halol ishlamaydigan xodimlar bilan xayrlashamiz»

Foto: «Norma.uz»

Adliya tizimidan norozi bo‘layotgan fuqarolar ko‘pligi sabab tizim xodimlaridan qonun doirasida ishlash bilan birga madaniyat bilan xizmat ko‘rsatish talabi qo‘yilayotgan bo‘lishiga qaramay bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarayotgan xodimlar juda ozligi taassuf bilan qayd etildi. Ayrimlar intizomiy jazo choralari qo‘llanilganiga qaramay insofga kelmagan.

Bu haqda O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov adliya idoralarining 2017-yilda amalga oshirgan ishlari sarhisobi va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan hay’at majlisida ma’lum qildi. Majlisda adliyaning fuqarolarga bevosita xizmat qiladigan tizimlaridan biri bo‘lgan notariat sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar e’tibor markazida bo‘ldi.

«O‘zimizga savol berib ko‘raylik, faoliyatimizga chetdan baho beraylik. Shunda hammasi oydek ravshan bo‘ladi. Qachon xalqqa yaqinlashamiz? Nima qilsak xalq bizga ishonadi?», deya vazirlik hamda videokonferensaloqa tizimi orqali majlisda ishtirok etayotgan hududiy adliya organlari rahbarlariga murojaat qildi vazir.

«2018 yilda yangicha ish olib boramiz, — deya qat’iy ta’kidlagan Ruslanbek Davletov. — Fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda qo‘yilayotgan talablarni bajarmaydigan, ya’ni halol ishlamaydigan xodimlarga majburiylik prinsipi qo‘llaniladi. Kimda kim bunga amal qilmasa u bilan butunlay xayrlashishimizga to‘g‘ri keladi».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring