Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri Koreya korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiya raisi bilan uchrashdi

Adliya vaziri Koreya korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiya raisi bilan uchrashdi

Foto:Adliya vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 26-noyabridan 30-noyabriga qadar adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi  vazirlik va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakillaridan iborat qo‘shma delegatsiya BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistondagi samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash»loyihasi doirasida Singapur va Koreyaga  Respublikasida bo‘ldi.

Joriy yilning 29-30-noyabr kunlari delegatsiya vakillari Koreyaga  Respublikasida yuqori darajali qator uchrashuvlarni o‘tkazdi.

Maqsad- jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ijtimoiy sohani yanada isloh qilish, chora-tadbirlar samaradorligini oshirish uchun  xorij, xususan, Koreya Respublikasi tajribasini o‘rganishdan iborat.

Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiya rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda davlat organlarida korrupsion holatini baholashning dolzarb jihatlari, uning alohida davlat tuzilmasi faoliyatigava umumanmamlakat kelajagiga ta’siri muhokama qilindi.Korrupsiyaga qarshi kurashish, profilaktik chora-tadbirlar va targ‘ibot qilish, qonunchilik bazasini mustahkamlash, jamiyatda korrupsiyaga  nisbatan murosasiz munosabatni, huquqiy madaniyatni shakllantirishning muhimligi qayd etildi.

Koreya RespublikaKorsi Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi raisi Pak In Chjon xonim ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonning davlat organlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. 

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Komissiya faoliyati bilan, ya’ni fuqarolar arizalarini qabul qilish jarayonini amalda kuzatib, Komissiya ishining texnologik imkoniyatlari va usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring