Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vaziri IHTT vakillari bilan uchrashdi

Adliya vaziri IHTT vakillari bilan uchrashdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov IHTTning Yevroosiyo global munosabatlar bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i Uilyam Tompson boshchiligidagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda Adliyavazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mehmonlarga Adliya vazirligining asosiy vazifalari, funksiyalari va faoliyatlari hamda adliya organlari sohasidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, vazirlik oldida turgan vazifalar, xalqaro tajribaga asoslangan kadrlar malakasini oshirish, ularning strategik fikrlashlarini rivojlantirish, adliya tizimining barcha darajalarida byurokratiyani bartaraf etish zarurligi ham aniqlandi.

O‘z navbatida, U.Tompson ushbu yig‘ilishni tashkil etgani uchun R. Davletovaga minnatdorchilik bildirdi va so‘nggi vaqtlarda vazirlik huquq sohasida juda ko‘p ishlarni amalga oshirganini ta’kidladi. U aholi turmush darajasini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini e’tirof etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring