Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi aralashuvi bilan 16 oila uyli bo‘ldi

Adliya vazirligi aralashuvi bilan 16 oila uyli bo‘ldi

Foto: «Xabar 24»

Adliya vazirligiga «Suvloyiha» davlat unitar korxonasiga qarashli Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli 22-yotoqxonada uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan bir guruh fuqarolar murojaat qildi. Unda yotoqxonani turarjoy maqomiga o‘tkazishda yordam berish so‘ralgan.

Uy-joy kodeksining 82-moddasida uylarni yotoqxonalarga o‘tkazish, shuningdek, yotoqxonalarga uylar maqomini berish uy-joy fondining mulkdorlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilangan.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, vazirlik aralashuvi bilan Yunusobod tumani hokimligining farmoyishi asosida davlat qabul hay’ati a’zolari tomonidan yotoqxonani turarjoy maqomiga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi va 20 yildan buyon fuqarolarni qiynab kelayotgan muammo hal etildi.

Yunusobod tumani hokimining 2018-yil 12-oktyabrdagi qaroriga asosan, Yunusoboddagi 22-yotoqxona binosi yotoqxona maqomidan chiqarilib, uy-joy fondi ro‘yxatiga kiritildi. Shu tariqa 16 oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring