Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi vakillari Londonda Buyuk Britaniya davlat tizimi bilan tanishmoqda

Adliya vazirligi vakillari Londonda Buyuk Britaniya davlat tizimi bilan tanishmoqda

Foto:Adliya vazirligi matbuot xizmati

Ayni kunlarda Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Safardan maqsad Buyuk Britaniya davlat tizimi bilan tanishish, davlat xizmatlari sohasida tajriba almashish hamda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iborat. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu delegatsiya Vazirlar mahkamasi vakillaridan tortib vazirlik markaziy apparati xodimlari hamda viloyatlar adliya boshqarmalari va eng chekka tuman adliya bo‘limlarida faoliyat yurituvchi xodimlardan tashkil topgan.

Safar davomida o‘zbekistonlik delegatsiya uchun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, taqdimotlar hamda treninglar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Buyuk Britaniya Milliy davlat boshqaruvi instituti (NSGI) mutaxassislari delegatsiya a’zolari uchun davlat boshqaruvi tizimi va an’analari, Britaniya davlat xizmatlarining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Foto:Adliya vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, Buyuk Britaniya Adliya vazirligi vakili tomonidan taqdimot o‘tkazildi. Delegatsiya vakillari ikki davlat adliya tizimi o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlari to‘g‘risida savollariga javob oldilar.

Kuni kecha safar dasturidagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Adliya vazirligi hamda Buyuk Britaniya hukumatini raqamlashtirish davlat xizmati o‘rtasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida mutaxassislarni o‘qitish xamda ularning malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Safar dasturida London assambleyasi hamda ma’muriy boshqaruv sohasida nufuzli konsalting kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishuv ham o‘rin olgan.

Adliya vazirligi delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring