Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Advokatlar palatasiga rais saylandi

Advokatlar palatasiga rais saylandi

Advokatlar palatasining konferensiyasida Toshkent shahar «BONA-FIDES» advokatlik firmasi advokati Alim Kadirovich Ernazarov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi. 

Alim Ernazarov turli yillarda Davlat suv qurilish qo‘mitasi, «O‘zagroinform» ishlab chiqarish birlashmasi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.

2004-yildan bugungi kunga qadar advokat sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring