Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» bilan tinchlik sulhi tuzilganini aytdi

Afg‘oniston prezidenti «Tolibon» bilan tinchlik sulhi tuzilganini aytdi

Foto:«Dawn»

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani muqaddas ramazon oyi nihoyasiga yetishi va ramazon hayiti munosabati bilan mamlakatdagi hokimiyat uchun kurashayotgan «Tolibon» guruhi bilan vaqtinchalik sulhga kelishganini e’lon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Afg‘oniston hukumati ramazonning 27-kunidan (11-iyun) ramazon hayitining 5-kuniga qadar (19-iyun) «Tolibon» guruhi bilan tinchlik sulhi tuzganini e’lon qiladi», — deya yozgan prezident o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida.

Shuningdek, Ashraf G‘anining aytishicha, Afg‘oniston qurolli kuchlari faqatgina «Tolibon»ga qarshi hujumlarni to‘xtatib turadi. Mamlakatda harakat qilayotgan boshqa terrorchi guruhlarga qarshi operatsiyalar esa davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring