Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston samolyotlari O‘zbekistonda ta’mirlanadi

Afg‘oniston samolyotlari O‘zbekistonda ta’mirlanadi

Foto: «Sputnik»

«Uzbekistan Airways Technics» kompaniyasi afg‘on samolyotlariga texnik xizmat va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.

OAV xabarlariga ko‘ra, Tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston transport vaziri Muhammad Hamid Taxmasi bilan bu kelishuvga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘oniston uchun aviatsiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi.

«Uzbekistan Airways Technics» milliy aviatashuvchi «Uzbekistan Airways» kompaniyasining sho‘’ba korxonasi hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida ko‘plab samolyotlar kapital ta’mirlashdan chiqarildi.

Bugungi kunda korxona mahalliy va xorijiy kompaniya samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha zarur texnik jihozlarga va yuqori malakali kadrlarga ega. Bu yerda har yili kamida 10 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlari ta’mirlanadi. Ular asosan Rossiya va Qozog‘iston samolyotlaridir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring