Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston yo‘llari xatardan xoli emas

Afg‘oniston yo‘llari xatardan xoli emas

Foto:«AP»

Afg‘oniston g‘arbidagi G‘ur viloyatida noma’lum qurollangan shaxslar hujumi tufayli olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi esa o‘g‘irlangan. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslanib, «RIA Novosti»  ma’lum qilgan.

Mazkur hodisa G‘ur va Hirot viloyatlarini bog‘lovchi avtomagistralda sodir bo‘lgan. Guvohlarning  aytishicha, harbiy kiyimdagi ikki kishi ichida tinch aholi vakillari bo‘lgan transportni o‘qqa tutgan. Yo‘lovchilar orasida yosh bolalar va ayollar bo‘lgan, ammo ular qochishga ulgurgan.

Politsiya vakili Muhammad Iqbol Nizomiyning ma’lumotlariga ko‘ra, hujum tufayli uch kishi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohatlangan.

Hozircha biror guruh mazkur hodisa yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring