Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onlarga hayit tatimadi

Afg‘onlarga hayit tatimadi

Foto: «RIA Novosti»

Ramazon hayiti kuni Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Voqea oqibatida 10 nafar «Tolibon» jangarisi va ko‘plab fuqarolar halok bo‘lgan.

Viloyat mutasaddisining ma’lum qilishicha, «Tolibon»ga oid mashina bayram nishonlanayotgan joyda portlatib yuborilgan.

Avvalroq Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Vois Ahmad Barmaq bugun, 16-iyun, shanba kuni Kobulda «Tolibon»ning bir nechta a’zosi bilan sulh tuzish uchun uchrashishi kerak edi.

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani avvalroq ramazon hayiti munosabati bilan 11–19-iyun kunlari «Tolibon» bilan bir tomonlama sulh tuzilganini ma’lum qilgan edi.

«Tolibon» tomoni esa hayit munosabati bilan 3 kun sulh tuzilganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring