Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ahmadboyga hukm o‘qildi! (video)

Ahmadboyga hukm o‘qildi! (video)

Kadr: «Uzreport»

Bugun, 21-fevral Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha so‘nggi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Chinozlik Ahmadboy Tursunboyev Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan firibgarlik, pora berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.

Sud majlisi qaroriga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Unga, shuningdek, bir yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi va eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan qabul qilingan amnistiya aktiga asosan, unga qo‘llanilgan qamoq jazosi muddati to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Qamoq jazosi 2016-yilning 26-iyunidan boshlab hisoblanadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring