Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholi eng gavjum va juda siyrak yashaydigan davlatlar

Aholi eng gavjum va juda siyrak yashaydigan davlatlar

Foto: «Anado‘lu» AA

1,4 milliard kishi yashaydigan Xitoy dunyodagi eng gavjum ikki davldatdan biridir. Mo‘g‘uliston esa aholisi eng siyrak mamlakat hisobladai. Bu yerda 3 million kishi istiqomat qiladi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

7,7 milliard nufusga ega dunyo aholisining uchdan biri Xitoy va Hindistonda yashaydi. Besh yildan keyin Hindiston nufus jihatidan Xitoyni ortda qoldirishi taxmin qilinyapti.

1989-yildan beri har yili 11-iyul – Dunyo nufusi kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ayni paytda dunyoda har 100 ayolga 102 erkak to‘g‘ri keladi. Dunyo aholisining 25 foizini 15 yoshdan kichik, 62 foizi 15–59 yoshlar orasidagi va 13 foizini 60 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilar tashkil qiladi.

Hozir Yer yuzi aholisining 59,6 foizi (4,54 milliard) Osiyoda, 16,9 foizi (1,3 milliard) Afrikada, 9,7 foizi Yevropada (742 million), 8,5 foizi (652 million) Lotin Amerikasi va G‘arbiy Hindistonda, qolgan 5,3 foizi (404 million) Shimoliy Amerika va Okeaniyada yashaydi.

1,5 million km2 maydonga ega Mo‘g‘uliston hududida bor-yo‘g‘i 3 million kishi yashaydi. Shu bois bu mamlakat aholi eng siyrak yashaydigan hudud hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring