Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholiga bepul maslahat beruvchi portal ishga tushiriladi

Aholiga bepul maslahat beruvchi portal ishga tushiriladi

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Farmonga muvofiq, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish «shaxs – oila ‒ mahalla ‒ ta’lim muassasasi ‒ tashkilot ‒ jamiyat» prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 1-yanvargacha qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi hamda qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlar yetkazish tizimini o‘z ichiga oladigan O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali, shuningdek 2019-yil 1-iyulgacha aholiga bepul maslahat berish portalini o‘z ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimi yaratiladi.

«Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi» ko‘krak nishoni ta’sis etilib, ko‘krak nishoni bilan huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.

Farmonga ko‘ra, Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya doirasida bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratiladi.

Portal quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Konstitutsiyani o‘rgatishga doir ilk tushunchalar;
  • kundalik hayotda qo‘llashga mo‘ljallangan boshlang‘ich huquqiy bilimlar;
  • huquqiy o‘yinlar, mashg‘ulotlar va dasturlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar.

Oilada huquqiy savodxonlikni oshiradigan, har bir elementar huquqiy bilimlarni o‘rgatishga qaratilgan va kundalik hayotdagi muhim masalalar yuzasidan huquqiy qo‘llanma bepul tarqatiladi.

Mahallalarda «Huquqiy axborot kuni» tashkil etiladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish» va «Inson huquqlarini o‘rganish»maxsus o‘quv kurslarini barcha ta’lim turlari bo‘yicha o‘rgatish joriy etiladi.

Yoshlarga orasida «Street law» (Ko‘cha huquqi) loyihasini joriy qilish uchun huquqshunos talabalar, yuridik kollejlar o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar guruhi shakllantiriladi.

Yoshdan kelib chiqib huquqiy savodxonlikning minimal talablari tasdiqlanadi.

Aholini qiziqtirgan huquqiy mavzular yuzasidan «So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot» loyihasi amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring