Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholiga kreditlar garovsiz, tavsiyanoma asosida beriladi

Aholiga kreditlar garovsiz, tavsiyanoma asosida beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. 

Qarorga muvofiq, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’minlanadi.

Hujjatda keltirilishicha, tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tavsiyanomalari asosida beriladi.

Eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdordagi kreditlar esa belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi asosida, eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda esa tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring