Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi

Aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi

Foto: «empa.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, quyidagilar Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashda, shu jumladan, davlat tomonidan kafolatlangan hajmlarda, Vazirlikning organlari va tashkilotlari rahbarlarining roli va mas’uliyatini oshirishga yo‘naltirilgan fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • demografik o‘zgarishlar va sog‘liqni saqlashni rivojlantirish istiqbollarini prognozlash, aholining salomatligi va kasallanishi holatini kompleks tahlil qilish;
  • jamoat sog‘lig‘ini saqlash ustuvorligini, kasalliklarni profilaktika qilish va oldini olish, patronaj xizmati va fuqarolarni uyma-uy yurib ko‘rib chiqish, aholini sog‘lom turmush tarzini kechirishga undash, ularning tibbiy savodxonligini oshirish, eng avvalo, o‘z sog‘lig‘i va atrofidagilar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga mas’uliyat ruhida tarbiyalashni ta’minlash;
  • sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash, hayot sifati va uzoq umr ko‘rish darajasini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
  • ham tibbiy yordamni xizmat ko‘rsatilayotgan aholiga yaqinlashtirish, ham axborot texnologiyalarini (teletibbiyot), meditsina standartlarini, protokollar va tavsiyalarni keng miqyosda joriy etish hamda yetakchi xorijiy va mahalliy mutaxassislarning tajribasini mintaqaviy tibbiyot muassasalarining tibbiyot xodimlariga berish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitar, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifati, ommabopligi va tezkorligini oshirish;
  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni, shuningdek, O‘zbekiston hududida qo‘llashga ruxsat etilgan asbob-uskunalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish;
  • yolg‘iz qariyalar, pensionerlar, nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini takomillashtirish, ularni davolashni, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, profilaktik tadbirlarni kengaytirish, davolanishning zamonaviy uslublarini qamrab olish va qo‘llash yo‘li bilan tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish;
  • tibbiy ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim va sog‘liqni saqlash mutaxassislarining malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash ustidan uslubiy rahbarlikni ta’minlash orqali tibbiy kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
  • mahalliy tajribani va eng yaxshi jahon yutuqlarini uyg‘unlashtirish asosida tibbiyot fanini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va prognozlashtirish, ilmiy tibbiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash amaliyotiga fan, texnika yutuqlarini va ilg‘or tajribani joriy etish;
  • sog‘liqni saqlash tizimida yagona tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilishni va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati nazorat qilinishini ta’minlaydigan, zamonaviy, xalqaro amaliyotda sinalgan sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish usullarini joriy qilish.

Qaror ko‘ra:

  • Xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining xususiylashtirish va pullik xizmatlarni tashkil qilish bo‘limlari;
  • «O‘zmedinfo» elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish markazi tugatildi.
  • Vazirlik tuzilmasida Davlat-xususiy sheriklikni va tibbiy turizmni rivojlantirish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari hamda davlat unitar korxonasi shaklida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etildi, shuningdek ularning asosiy vazifalari belgilab berildi.
  • Qarorga muvofiq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari bo‘yicha jahon amaliyotida qo‘llaniladigan vositalardan foydalangan holda sog‘liqni saqlash hisoblarining milliy tizimi tatbiq etiladi.

Shuningdek, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirining roziligisiz davlat sog‘liqni saqlash muassasalarining yer uchastkalari va ko‘chmas mulklari begonalashtirilishi taqiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring