Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

AKT vaziri Jahon banki vakillari bilan uchrashdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Jahon banki vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda vazir Jahon banki rahbariyatiga mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Jahon banki vakillari axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi bo‘yicha takliflar tayyorlashga ko‘maklashishga tayyorligini ta’kidlashdi.

Uchrashuvda telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishning hozirgi holati va «Digital CASA – Uzbekistan» qo‘shma loyihasining borishi yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring