Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vaziri Koreyadagi Inha universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashdi

AKT vaziri Koreyadagi Inha universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 14-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Koreya Respublikasidagi Inha universitetining vitse-prezidenti Cheong InKyo bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Cheong InKyo Toshkent shahridagi Inha universitetining dastlabki bitiruvchilarining tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti dastlabki bitiruvchilarining o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlashgani ta’kidlandi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ning 4-bosqich talabalari «3+1» dasturi bo‘yicha Koreya Respublikasida so‘nggi bosqichni muvaffaqiyat bilan yakunlashganligi qayd etib o‘tildi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining rivojlanish masalalari, xususan, magistratura hamda bakalavriat ta’limining yangi yo‘nalishlarini joriy etish, amalda bo‘lgan hamda ochilishi rejalashtirilayotgan yangi yo‘nalishlarning rejalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universitetiga rektor v.b. etib tayinlangan Muzaffar Jalolov ham ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun:

2017-yilning iyun oyida Inchxon (Koreya Respublikasi) shahridagi Inha universitetida 99 nafar talaba «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetida o‘qishni boshlashdi. Bu o‘qish «3+1» dasturi bo‘yicha 3 yil Toshkent shahridagi Inha universitetida va 1 yil Koreya Respublikasidagi Inha universitetida ta’lim olishni nazarda tutadi.

O‘zbekistonlik talabalar ikki semestr davomida Koreya Respublikasidagi Inha universitetining yuqori malakali professorlaridan saboq olishdi. 2017-yilning 21-dekabr kuni Inchxon shahrida IUTning 4-bosqich talabalarini o‘qishni tamomlaganliklari munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring