Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri «LG CNS» vitse-prezidenti bilan uchrashdi

AKT vaziri «LG CNS» vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Koreyaning «LG CNS» kompaniyasi vitse-prezidenti Jong Vun Yul bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining bugungi holati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, «LG CNS Uzbekistan» qo‘shma korxonasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda «LG CNS» kompaniyasi imkoniyatlari va tajribasidan foydalanish, o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 1987-yilda tashkil etilgan «LG CNS» kompaniyasi «LG Group»ning sho‘’ba korxonasi hisoblanadi. Hozirgi kunda kompaniya Janubiy Koreyadagi eng yirik tizim integratori va mamlakatda elektron hukumat tashabbuslarini ilgari suruvchi lokomotiv hisoblanadi. Bundan tashqari, Koreya elektron hukumatida axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni joriy qilish bo‘yicha ishlarning 60 foizdan ziyodi «LG CNS» hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida, xususan konsalting, tizim integratsiyasi, tarmoq integratsiyasi, biznes jarayonlar va axborot texnologiyalari autsorsingi kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadi. «LG CNS Uzbekistan» qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda real iqtisodiyot va elektron hukumat uchun axborot tizimlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish uchun 2014-yilda tashkil etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring