Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vaziri yana bir lavozimga tayinlandi

AKT vaziri yana bir lavozimga tayinlandi

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kungacha mazkur vazifani Botirxo‘ja Sidiqov bajarib kelgan.

O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasi 2004-yilda tashkil qilingan. Federatsiyaning bosh maqsadi – karting, ralli, avtokross kabi yo‘nalishlarda musobaqalar tashkil qilib, aholi o‘rtasida mazkur sport turlarini ommalashtirishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring