Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi va Fransiya Kosmik tadqiqotlar milliy markazi o‘rtasida bitim imzolandi

AKT vazirligi va Fransiya Kosmik tadqiqotlar milliy markazi o‘rtasida bitim imzolandi

Foto: «Wikipedia»

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Fransiya Kosmik tadqiqotlar milliy markazi o‘rtasida bitim imzolandi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Fransiya Kosmik tadqiqiotlar milliy markazi prezidenti Jan Iv Le Gol va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ikki mamlakat o‘rtasida kosmonavtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bitimni imzolagan.

Mazkur bitim doirasidagi hamkorlik tadbirlari kosmonavtika fani, Yerni kuzatish, telekommunikatsiya yo‘ldoshlari, kosmik mobil dasturlar, kosmik izlanishlar va texnologiyalar hamda xalqaro qonunchilik masalalarini muvofiqlashtirish sohalarida amalga oshiriladi.

Qo‘shma loyihalarni rivojlantirishdan tashqari, tajriba va ilg‘or tajribalarni almashish, kosmonavtika bo‘yicha ta’lim va kosmik faoliyatni, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilish bitimni imzolovchi ikki tomon uchun ustuvor hamkorlikning shakllari bo‘ladi. Turli tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish uchun qo‘shma qo‘mita tuziladi.

Mazkur bitimning imzolanishi Fransiya va O‘zbekistonga turli yo‘nalishlarda kosmonavtika bo‘yicha hamkorlikning ko‘plab imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring