Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi: Xalqaro internet kanallar o‘tkazuvchanligi 1 Tbit/s ga yetkaziladi

AKT vazirligi: Xalqaro internet kanallar o‘tkazuvchanligi 1 Tbit/s ga yetkaziladi

Foto: «Mitc.uz»

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmedxo‘jayev raisligida vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Hay’at yig‘ilishida joriy yilda amalga oshirish rejalashtirilgan vazifalarga ham e’tibor qaratildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • xalqaro tajriba va rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda 2018-2021-yillarda «elektron hukumat»ni rivojlantirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish;
  • MUIC a’zolari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 2 hissa, eksport qilinayotgan mahsulotlar hajmini 1,8 barobar oshirish;
  • Markaz a’zolariga yangi bozorlarga chiqish imkonini yaratish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligini 8-10 barobar oshirib, soniyasiga 1 Tbit.ga yetkazish;
  • xalqaro yetakchi telehauslarga ulanish nuqtalarini tashkil qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha yangi marshrutlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish;
  • magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish maqsadida mamlakat bo‘ylab 2 ming km.lik optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish;
  • pochta aloqasini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy qilish yuzasidan hukumatning tegishli qarorini ishlab chiqish;

Hay’at kengashining yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, sohani istiqbolda rivojlantirish chora-tadbirlari o‘rin olgan qaror qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring