Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi yangi so‘rov o‘tkazmoqda

AKT vazirligi yangi so‘rov o‘tkazmoqda

Фото: «Mitc.uz»

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi fond bozori va birja faoliyatiga AKT ni joriy qilish bo‘yicha so‘rovnoma e’lon qildi.

Hamyurtlarimiz o‘z fikr-mulohaza, takliflarni quyidagi manzil orqali taqdim etib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chorlanadi:

Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha so‘rov

Shu bilan birga, vazirlik barcha xohlovchilarni fond bozori va birja faoliyatini axborot texnologiyalari, xususan blokcheyn texnologiyasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Yo‘l xaritasini shakllantirishga hamkorlikka chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring