Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Shadmanov JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida nutq so‘zladi

Alisher Shadmanov JSST Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida nutq so‘zladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Avval xabar qilganimizdek, Italiya poytaxti Rim shahrida o‘z ishini boshlagan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 

Ma’lumki, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 53 ta davlat tashkilot tomonidan ilgari surilgan “Salomatlik — 2020” strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan. “Salomatlik  2020” strategiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, inson salomatligi va bo‘lajak nasllar kamolotiga salbiy ta’sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarning oldini olishga yo‘naltirilgan yirik dastur hisoblanadi.  So‘nggi ikki yil mobaynida O‘zbekistonda ushbu strategiyani amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sessiya doirasida so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov o‘z ma’ruzasida ana shu masalalar xususida to‘xtaldi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati. Jumladan, u O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, tizimni takomillashtirish dasturi va unda belgilangan asosiy vazifalarga, shuningdek, yurtimiz tibbiyotini yanada rivojlantirish maqsadida jahonning yetakchi xorijiy investorlarini jalb qilish borasidagi ishlarga e’tibor qaratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring