Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aloqabankdan kredit olishda hujjatbozlik kamaytirildi

Aloqabankdan kredit olishda hujjatbozlik kamaytirildi

Foto: «Xabar.uz»

Endilikda iste’mol krediti, avtokredit, overdraft, mikroqarz va jismoniy shaxslar uchun boshqa kredit turlarini rasmiylashtirish jarayoni yanada osonlashtirildi, deb xabar bermoqda «Aloqabank» matbuot xizmati.

2018-yil 1-avgustdan jismoniy shaxslar uchun kredit rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar to‘plami zarur bo‘ladi:

  • kredit miqdori, muddati, foydalanish maqsadi va taklif qilinayotgan kredit ta’minoti bayon qilingan qarz oluvchi tomonidan imzolangan ariza;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil)ning pasport nusxasi;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo‘lgan kafil)ning ish joyidan oxirgi 1 yillik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma (ushbu ma’lumotnomada lavozim, STIR va jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami ko‘rsatilishi lozim);
  • kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring