Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amaldagidan uch baravar ziyod narx belgilagan noqonuniy taksichilarga chora ko‘rildi

Amaldagidan uch baravar ziyod narx belgilagan noqonuniy taksichilarga chora ko‘rildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent xalqaro aeroportidan chiqishda o‘z xizmatlarini taklif qilayotgan va buning uchun amaldagidan uch baravar ziyod narx belgilagan noqonuniy taksichilar bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soliq idoralari hamda Avtomobil va daryo transporti agentligi vakillari bilan hamkorlikda aeroport hududida litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilari aniqlanmoqda. 17-maydan 1-iyungacha bo‘lgan muddat ichida 50 nafar ana shunday taksi haydovchisi aniqlandi.

Ularning 24 nafari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi asosida javobgarlikka tortildi. Qolgan 26 nafar taksichi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. 42 ta avtoulov jarima maydoniga joylashtirildi.

Biroq, noqonuniy taksichilar huquq-tartibot idoralarini aldashning turli usullarini o‘ylab topishayotgani ham aytiladi. Masalan, do‘sti yo qarindoshini kutayotganini aytishi yoki aeroportdan chiqishga o‘ziga qarashli odamni yuborib, mashinasida chekkada poylab turishi mumkin.

IIBB yo‘lovchilardan Toshkent aeroportiga uchib kelganda o‘z xizmatlarini tiqishtirayotgan taksichilar haqida xabar berish, imkon bo‘lsa, ularni suratga tushirishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring