Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amerika orzusi»dan foydalanib, samarqandlik fuqaroni chuv tushirib ketishdi

«Amerika orzusi»dan foydalanib, samarqandlik fuqaroni chuv tushirib ketishdi

Foto: «LIKE IT»

Samarqand shahrida 12-mart kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016-yil iyul oyida Navbog‘chiyon mahallasida yashovchi M.R. (ayol kishi) shu mahalla hududida Buxoro shahrida yashovchi S.E.ga Rossiya Federatsiyasida joylashgan turizm firmasi orqali uni AQSh davlatiga ishlash uchun yuborishini aytadi.

Shu tariqa aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 10 000 AQSh dollarini olgani va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.R. qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring