Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerika startapi: «Zambarak o‘qi orqali Oyga parvoz»

Amerika startapi: «Zambarak o‘qi orqali Oyga parvoz»

Foto: «NV.ua»

«SpinLaunch» kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlar va raketalarni sentrifuga (markazdan qochirma kuch ta’sirida qorishmani mexanik ravishda ajratuvchi apparat) hamda katapulta (samolyot yoki raketani uchirib yuboradigan maxsus moslama) yordamida kosmosga uchiruvchi tizim ustida ish olib bormoqda. Bu orqali startap raketa tezlashtirgich va ularga ishlatiladigan yoqilg‘ilardan voz kechishni maqsad qilgan, deb xabar berdi «NV.ua».

Kompaniya markazdan qochirma kuch ta’sirida qorishmani qo‘zg‘almas o‘q atrofidan aylantiruvchi — kerakli yukni kosmosga yuborish uchun yetarlicha impuls hosil qilishga qodir qurilmani yaratmoqda. Startap muhandislari sentrifuga sun’iy yo‘ldoshlarni soatiga 4800 kilometr tezlikda uchirishiga ishonmoqda.

Shuningdek, mazkur loyiha o‘z ichiga qo‘shimcha raketa dvigatellarini ham oladi. Ular yordamida qo‘shimcha impuls paydo bo‘ladi va sun’iy yo‘ldoshlari Yer atmosferasini yorib o‘tib, kosmosga chiqadi. Ta’kidlanishicha, qo‘shimga raketalar bilan ham «SpinLaunch» tizimi ancha arzon turdagi sun’iy yo‘ldoshlarni uchira oladi.

Avvalroq, «NASA» o‘zining katapulta tizimini yaratish ustida ish olib borgandi, biroq ma’lum bo‘lishicha, u hozircha iqtisodiy jihatdan samarador emas. Shunga qaramay «SpinLaunch» asoschisi va ijrochi direktori Jonatan Yani taklif etilayotgan usul «NASA»nikidan farq qilishini aytmoqda.

Mutaxassisning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi texnologiya bitta kosmik parvozni an’anaviy usulga qaraganda 500 ming dollarga arzonroqqa amalga oshirish imkonini beradi. «Bu SpaceX tomonidan 62 million dollar evaziga uchirilgan «Falcon 9»dan ancha farq qiladi. Biz tijoriy kosmik parvozlarning yangi darajasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan bo‘lardik», — deydi Jonatan Yani.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring