Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amirsoy» majmuasi dekabr oyida o‘z eshiklarini ochadi

«Amirsoy» majmuasi dekabr oyida o‘z eshiklarini ochadi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 14-sentyabr kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «AMIRSOY» kompaniyasi «Amirsoy» tog‘ kurorti loyihasining taqdimotini o‘tkazdi.

Mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. «Amirsoy» tog‘ kurorti loyihasi ham ana shu yo‘nalishdagi eng katta o‘ziga xos loyiha hisoblanadi. Taqdimotda mutaxassislar to‘rt faslda ham faoliyat ko‘rsatuvchi, tog‘-chang‘i infratuzilmasiga ega, xalqaro talablarga javob beruvchi, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan zamonaviy majmua haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Mazkur kurortda park-otel, restoran, ekranli barlar, konsert va ko‘rgazma zallari, dor yo‘li, tog‘ chang‘isi trassalari mavjud. Qishda dam oluvchilar uchun chang‘i, snoubord, tyubing, chana, qorda yuradigan avtomobillar taqdim etiladi. Bolalar uchun arqonli shaharcha, o‘yin maydonlari bor, xohlovchilar chang‘i maktabida chang‘i va snoubord uchish texnikasini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. Xullas, mamlakatimizdagi  yagona, xalqaro darajadagi zamonaviy kurort 2018-yilning dekabr oyida to‘liq ishga tushadi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Eng muhimi, kompaniya mutasaddilari yurtdoshlarimiz tabiat qo‘ynida oilaviy maroqli dam olishlari, sog‘liqlarini mustahkamlashlari uchun hamma zarur infratuzilmani yaratishga intilishmoqda. Albatta, xorijlik sportsevarlar va sayyohlar uchun ham ko‘p funksiyali maskan o‘z quchog‘ini ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring