Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amiti universiteti talabalari 10 000 AQSh dollarini yutib olishdi

Amiti universiteti talabalari 10 000 AQSh dollarini yutib olishdi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari IT-Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «STUDENTS CUP 2021» tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu tanlov respublika miqyosida bo‘lib, unda jami 20 dan ortiq universitetlardan 40 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlovda talabalar, o‘zlari tomonidan yaratilgan loyihalarni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Loyihalarning ustunligi, mohiyati va dolzarb muammolarni hal qilish uchun yaratilgan imkoniyatlari haqida ham to‘liq ma’lumotlar berildi.

Jumladan, Amiti universiteti talabalari Mentor.me (mentorlarni talabalar bilan bog‘laydigan) platformasini taqdim etgan holda ishtirok etishdi va birinchi o‘rin uchun belgilangan 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Jamoa tarkibi:

  • Abubakr Abduvohidov
  • Shahzod Xudoyqulov
  • Jamshid Komilov
  • Habibullo Abduvohidov

Qayd etilishicha, talabalar yaratgan ushbu dastur yuqori baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring