Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ana xolos! «Alibaba» asoschisi pensiyaga ketyapti

Ana xolos! «Alibaba» asoschisi pensiyaga ketyapti

Foto: © flickr.com/UNCTAD

«Alibaba» xoldingi asoschisi va direktorlar kengashi raisi Jek Ma kelayotgan dushanbada — 54 yoshga to‘lgan kuni pensiyaga chiqishini ma’lum qildi.

— Pensiyaga chiqish hammasi tugadi degani emas, aksincha, hammasi endi boshlanadi, — dedi Ma.

Jek Ma endi butun e’tiborni xayriya ishlari va ta’limga bag‘ishlaydi. Ammo «Alibaba Group» direktorlar kengashida ham o‘rnini saqlab qolib, kompaniya boshqaruvini kuzatib boradi.

«Forbes»ning 2017-yilgi milliarderlar ro‘yxatida Ma 38,6 milliard dollar bilan uchinchi xitoylik bo‘lgandi. U bo‘lajak xoldingga 17 nafar izdoshi bilan 1999-yili o‘z kvartirasida asos solgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring