Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon davlat universiteti va Mordoviya davlat universiteti o‘rtasida bitim imzolandi

Andijon davlat universiteti va Mordoviya davlat universiteti o‘rtasida bitim imzolandi

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya vakillari 28-29 yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Mordoviya davlat universitetida bo‘lib qaytdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zaro ikki tomonlama akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlash, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarni stajirovka, malaka oshirish, aspirantura va doktoranturaga yuborish, ilmiy, metodik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Mordoviya davlat universiteti rektori S.M.Vdovin va oliygoh prorektorlari qatnashdi.

Tashrif mobaynida mehmonlar universitetning ilmiy, ta’lim va ijtimoiy infratuzilmsi bilan tanishish asnosida matematika va axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, biotexnologiya va biologiya fakultetlari, Fizika va kimyo, Tibbiyot, Milliy madaniyat institutlari, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, volontyorlar markazi hamda «Silikon karbidli yagona kristallarni sintez qilish va qayta ishlash» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Ikki kunlik tashrif yakunida universitetlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga ko‘ra 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, «Filologiya» (rus tili va adabiyoti) hamda «Turizm ta’lim» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaga, «Biologiya» va «Menejment» mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabul qilishni boshlash hamda akademik harakatlanishni yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Mordoviya davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari 2018 yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan «O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi»dagi kelishuvlar natijasida ikkala oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring