Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimi o‘rinbosarining o‘limi sababi aytildi

Andijon hokimi o‘rinbosarining o‘limi sababi aytildi

Foto: Xalqaro press-klub

Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6 yanvar kuni olamdan o‘tgani xabar berilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘lim holati miokard infarkti natijasida yuz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Salombek Habibullayev Andijon viloyati hokim o‘rinbosari lavozimiga 2018-yilning 26-yanvar sanasida tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring