Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon hokimining o‘rinbosari vafot etdi

Andijon hokimining o‘rinbosari vafot etdi

Foto: «Daryo»

Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6 yanvar kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

2018-yilning 26-yanvaridan boshlab mazkur lavozimda mehnat qilib kelgan Salombek Habibullayev 1971-yil 26-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgandi.

1992-yili Toshkent davlat universitetini bitirgach, 1992—2018-yillarda hozirgi O‘zMUning «Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» kafedrasida assistent, tadqiqotchi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, axborot-tahlil departamenti boshlig‘i, O‘zbek—yapon markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring