Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda 16 yoshli yigit jinoyatchilarni ushlab berdi

Andijonda 16 yoshli yigit jinoyatchilarni ushlab berdi

Foto: Tergov departamenti

Andijon viloyatida 2020-yilning 16-oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda 19 yoshli K.X., B.I., X.M. va 18 yoshli S.U.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib talonchilikka qo‘l urishdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ular Andijon tumani Chem MFY hududidan o‘tuvchi «Andijon-Asaka» avtomobil yo‘lida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida 16 yoshli B.I. ga tegishli bo‘lgan bir dona «Iphone X» rusumli telefon apparatini foydalanish maqsadida B.I.dan so‘rab olib «Matiz» rusumli avtomashinada hodisa joyidan qochib yashirinishga urinishgan. Shu vaqtda B.I. va uning otasi avtomashinaning ortidan yetib olib, qonunbuzarlarni ushlashga muvofaq bo‘lishgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan K.X., B.I., X.M. va S.U.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 166-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida K.X., B.I., X.M. va S.U.larning yana bir qator jinoyatga aloqadorligi aniqlanib, hozirda ushbu holatlarga ham huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring