Andijonda aroqdan zaharlanib vafot etgan maktab xodimlari «ishi» bo‘yicha ma’lumot berildi
Joriy yilning 22-oktyabr kuni Andijon shahridagi 36-sonli umumta’lim maktabida ikki nafar xodim spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 22-oktyabr kuni 17:00 lar chamasida maktab xo‘jalik mudiri, fuqaro muhofazasi to‘garagi rahbari, qorovul va o‘qituvchilardan biri darsdan so‘ng kechki ovqat paytida texnik spirt iste’mol qilgan. Buning oqibatida ularning to‘rtalasi ham zaharlanib, 2 nafari vafot etgan.
Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi avvalroq zaharlanganlar orasida maktab direktori ham bo‘lganligiga doir xabarlarga munosabat bildirib, maktab direktori vazifasini bajaruvchi o‘sha kuni ish vaqtidan so‘ng uyiga ketgani va «ziyofat»da ishtirok etmaganini bildirdi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hodisa sabablari va boshqa holatlar aniqlanmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter