Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bayram sovg‘asi sifatida ko‘p qavatli uylar topshirildi

Andijonda bayram sovg‘asi sifatida ko‘p qavatli uylar topshirildi

Joriy yilning 31-avgust kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yillik shodiyonasi arafasida Andijon shahrining Shimoliy kichik daxa (Shifokor MFY) hududida 4 ta ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Zamonaviy shaharsozlik asosida bunyod etilgan mazkur uylar 180 dan ziyod oilaning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Uylar oilalarga imtiyozli kredit orqali berildi.

Marosimga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashrif buyurib, bayram bilan muborakbod etdi.

Mazkur uylar shaharda yashaydigan, jumladan, yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va yashash sharoitini yaxshilashga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni arzon va qulay uy bilan ta’minlash yo‘li orqali ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutilgan.

Ko‘p xonadonli uylar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari asosida barpo etilgan. Shuningdek, dam olish joylari, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, chiqindi yig‘ish punktlari qurilib bitkazilgan. Hudud obodligi ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring