Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan shifokor pora ustida qo‘lga tushdi

Andijonda nogironlik nafaqasini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan shifokor pora ustida qo‘lga tushdi

Foto: «Auz.uz»

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 46-sonli poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori S.R. fuqaro O.O.ning onasi J.M.ni 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun «kasallik tarixi»ni rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bu ish evaziga u 200 000 so‘m hamda Andijon tumanlararo tibbiy mehnat ekspertizasi orqali 2-guruh nogironlik nafaqasiga chiqartirib berish evaziga 100 AQSh dollari berishini talab qiladi.

Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan fuqaro O.O.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida talab qilingan 200 000 so‘m va 100 AQSh dollarini o‘zining xizmat xonasida olgan shifokor ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28, 211-moddasi 1-qismi va 168-moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Surishtiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring