Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda so‘nggi 10 yillikdagi eng yirik neft koni topildi (foto + video)

Andijonda so‘nggi 10 yillikdagi eng yirik neft koni topildi (foto + video)

Yaqinda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi Uchtepa 3-4-sonli qudug‘idan bo‘r (mel) qatlamining XVIII va XIX gorizontlaridan katta miqdorda gaz zaxirasi aniqlangan edi.

Andijonda topilgan neft koni
Foto: «Xabar.uz»

Endi yangi Uchtepa 5-sonli qudug‘ining 1250 metr chuqurligidan bo‘r (mel) qatlamining XX gorizontidan katta miqdorda neft koni ochildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.

Andijonda topilgan neft koni
Foto: «Xabar.uz»

Quduqda olib borilgan geologik izlanishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ushbu quduqning bir kunlik debiti sutkasiga 70 tonnani tashkil etadi. Bu kabi neft koni O‘zbekiston neft va gaz tarixida oxirgi 10 yillikda ochilgani yo‘q.

Bu avvalambor Farg‘ona vodiysida oxirgi paytlarda sustlashib qolgan izlov-qiduruv parmalash ishlarini to‘xtatmaslikka, boshqa hududlardan farqli litologiyaga ega Farg‘onada burg‘ulash va parmalash ishlarini katta ko‘lamda olib borilishiga yo‘l ochmoqda.

Andijonda topilgan neft koni
Foto: «Xabar.uz»

«Qo‘qon NGPI» AJ bu kabi konlarning ochilishi bilan O‘zbekistonning ravnaqi uchun qo‘ldan kelgancha hissa qo‘shishga va’da beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring