Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yigit baland svetofordan o‘zini tashladi. Uning muddaosi nima edi? (video)

Andijonda yigit baland svetofordan o‘zini tashladi. Uning muddaosi nima edi? (video)

Videolavhadan skrinshot

Bugun, 6-iyun kuni Andijonda bir yigit shaharning markaziy ko‘chasida (temiryo‘l vokzalining shundoq qarama-qarshi tomoni) o‘rnatilgan svetofor ustiga chiqib olganiga oid video tarqaldi. Uni qariyb 1 soat davomida tushishga ko‘ndirishga urinishgan.

Yigitning bunday xatti-harakat qilishiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, u viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan ko‘rishmoqni xohlagan.

Voqelikka guvoh bo‘lgan Andijondagi manbamizga ko‘ra, u holatni telefoniga tasvirga olishga harakat qilgan. Biroq o‘sha joyda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIB xodimi qarshilik ko‘rsatib, (tasvirlarni) o‘chirtirib yuborgan.

Yigitga hech qanday shikast yetmagan. Tarmoqlarda tarqalgan videoda u yaxshi gapga ko‘nib, abjirlik bilan pastda – ichki ishlar xodimlari ushlab turgan to‘rga sakragani ham  ko‘rinadi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring