Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Andijonda yuz bergan mudhish YTH haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Andijonda yuz bergan mudhish YTH haqida ma’lumot berdi

Foto: «rusvesna.su»

2019-yil 16-may kuni soat 08:00 lar chamasida, fuqaro A.Sadridinov boshqaruvidagi davlat raqami 60 O 090 DA bo‘lgan «Kobalt»  rusumli avtomashinasida Asaka tumani, «Dasturxonchi» MFY hududidan o‘tgan Andijon-Shahrixon transport qatnov yo‘lining «Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida sug‘orish ishlarini olib borayotgan Asaka tumani obodonlashtirish bo‘limi ishchilari O.P., F.T. va Z.U.larni urib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, fuqaro O.P. hodisa joyida, fuqaro F.T. shifoxonada vafot etgan, fuqaro Z.U. esa tan jarohati olib, Asaka tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 16.05.2019 yilda JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlangan fuqarolar mehnatga jalb qilinishi qonuniyligi o‘rganilganda, O.P., Z.U. va F.T. 2018-yilning fevral oyidan beri Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli buyruqlariga asosan boshqarmada haq to‘lanadigan jamoat ishiga ishchilar sifatida qabul qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining ishchilarini Asaka tumanida «Dasturxonchi» MFY hududidagi transport qatnov yo‘lining chetida sug‘orishga jalb qilinishida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida taqdimnoma kiritildi.

Dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, xabarda ko‘rsatilgan Jalaquduq tumani hududida tibbiyot xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi haqidagi holat o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot xodimlari magistral yo‘lni tozalashga va majburiy mehnatga jalb etilmaganligi aniqlandi, deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring