Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir jinoyat izidan: Andijondagi oshkora qotillik qissasi (video)

Bu voqea Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida sodir bo‘ldi va butun O‘zbekiston bo‘ylab aks-sado berdi. Birdaniga to‘rt kishining shafqatsizlarcha o‘ldirilishi va bu holat deyarli bir hafta davomida e’tiborsiz qoldirilishi dillarni larzaga soldi.

Ikkisi norasida go‘dak bo‘lgan to‘rt odamni birvarakayiga pichoqlab tashlashga qodir, hazrati inson nomini ko‘tarib yurgan bunday maxluqlarning qaydan paydo bo‘lishi hammani o‘ylantirishi tabiiy. Ne ajabki, bunday manfur kimsalar sizu-biz nafas olayotgan havodan nafas oladi, biz ichgan suvdan ichadi, shu yurtning farzandi hisoblanadi. Ammo ular qadagan tig‘ nafaqat o‘sha to‘rt nafar marhumning, balki butun millatning ko‘ksiga qadaladi.

Ijodiy guruhimiz bilan voqea joyiga borganimizda qotillik sodir etilgan uy tergov harakatlari davom etayotgani bois yopiq ekan. Bu uyni tashqi tomonidan ko‘rib, shunday ko‘rkam va obod mahallada, havas qilgudek xonadonda yashab turib ham qanday ziddiyatga borish mumkinki, odamzod bu darajaga yetsa deb o‘ylanib qolasiz. Ammo harchand urinmang, bu savolga javob yo‘q. Inson johilligi, ma’naviyatsizligi ortidan shafqatsizlikni odat qiladi va oxir-oqibat hissiz hayvonga aylanadi.

Taqdim etilayotgan videolavhalarda kishi ko‘nglini behuzur qiladigan tasvirlar mavjud.

Andijon viloyati teleradiokompaniyasining shu mavzuga oid videolavhalaridan foydalandik va buning uchun hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring