Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angliyada mamlakatning ilk konstitutsiyasini o‘g‘irlashga urinishdi

Angliyada mamlakatning ilk konstitutsiyasini o‘g‘irlashga urinishdi

Angliyaning Solsberi shahridagi ibodatxonada Angliyaning ilk konstitutsiyasi hisoblanuvchi «Erkinliklar buyuk xartiyasi» (Magna Karta)ni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.

Xartiyani o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan kishi u saqlanayotgan shishada bir nechta teshik hosil qilgan. Ammo ikkinchi himoya ekranini buzishga ulgurmagan.

Hodisa joyida boshqa odamlar ham bo‘lgan va ular o‘g‘irlikni ko‘rib, shovqin ko‘tarishgan. Natijada o‘g‘ri politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

1215 yili yozilgan Magna Karta Angliya qiroli tomonidan qabul qilingan. Solsberidagi ibodatxonada hujjatning bizgacha yetib kelgan to‘rt nusxasidan biri saqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring