Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Anons. Majburiy ijro byurosi qonunga bo‘ysunmaydimi?

Anons. Majburiy ijro byurosi qonunga bo‘ysunmaydimi?

Illyustrativ surat.

Foto: «Darakchi.uz»

«Xabar.uz»ga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) inspektori Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Kitob tumani bo‘limiga tegishli avtomobilni to‘xtatib, aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirgani uchun bosim ostida qolgan. Hozirda unga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Majburiy ijro byurosining Kitob tumani bo‘limi haydovchining dalolatnomani imzolamaganiga asoslanib voqea yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga shikoyat qilgan va haydovchisiga tuhmat qilinayotganini aytib, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanishi hamda uni ichki ishlar organlari safidan umrbod chetlatilishini so‘ragan.

Ushbu voqeaning to‘liq tafsiloti, guvohlarning ko‘rsatmalari tez kunda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring